Madridning "Real" klubi sobiq ustozi Rafael Benites Gretsiyaning "Panatinaikos" klubini qabul qilib oldi. Bu haqda nufuzli insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

65 yoshli Benitesning so'nggi ish joyi "Selta" bo'lib, u klubni 2024 yilning mart oyida tark etgandi.

Manbaga ko'ra, bugun tomonlar barcha zarur hujjatlarni imzolagan. Ispaniyalik mutaxassisning klub bilan shartnomasi ikki yilga mo'ljallangan. Mish-mishlarga ishonadigan bo'lsak, Benites Gretsiyada bir mavsumda taxminan to'rt million evro maosh oladi.

"Panatinaikos" oltita o'yindan so'ng Gretsiya chempionati turnir jadvalida ettinchi o'rinda bormoqda. Klub hisobida to'qqiz ochko mavjud.