Fabritsio Romano Pep Gvardiola bo'yicha xabarlarga munosabat bildirdi

Ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiola 2025/2026 yilgi mavsum yakunida «Manchester Siti»ni tark etadi. Bu haqda nufuzli insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Jurnalistning ma'lum qilishicha, murabbiy o'z qarori haqida Angliya klubi rahbariyatini ogohlantirgan. Yaqin vaqt ichida bu borada rasmiy bayonot beriladi. Gvardiolaning o'rnini Londonning «Chelsi» klubi sobiq ustozi Entso Mareska egallashi mumkin.
Gvardiola 2016 yilning yozidan buyon «Manchester Siti» bosh murabbiyi lavozimini egallab kelmoqda. Mutaxassisning «shaharliklar» bilan mehnat shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etishi kerak edi. Ispaniyalik murabbiy qo'l ostida Manchester jamoasi 6 marta APL chempioniga aylandi.