O'zbekiston terma jamoasini italiyalik mashhur murabbiy Fabio Kannavaro boshqarishi mumkin.

Italiyalik taniqli insayder Fabritsio Romano xabariga ko'ra, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi 52 yoshli murabbiy bilan rasmiy aloqa o'rnatdi. Muzokaralar davom etmoqda.

Kannavaro murabbiy sifatida "Guanjou Evergrand", "An-Nasr", "Quanjin", Xitoy terma jamoasi, "Benevento", "Udineze" va "Dinamo Zagreb"da ishlagan.