Fabritsio Romano «MYu» va Maykl Kerrik borasidagi insaydni tasdiqladi

Dunyoga mashhur insayder Fabritsio Romano «Manchester Yunayted» klubi va jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Maykl Kerrik kelajakda ham hamkorlikni davom ettirishni rejalashtirayotganini tasdiqladi.
Romanoning xabariga ko'ra, «MYu» Kerrikni o'z lavozimida saqlab qolish imkoniyatini sezilarli darajada oshirgan. «Qizil iblislar» rahbariyati va futbolchilari bir ovozdan angliyalik mutaxassisning qolishi tarafdori ekanini bildirishgan.
Endigi navbat klub va murabbiy o'rtasidagi rasmiy muzokaralarga kelib taqaldi. Tomonlar yangi kelishuv imzolashdan oldin shartnomaning barcha detallarini muhokama qilib olishlari lozim.
Eslatib o'tamiz, Maykl Kerrik joriy mavsum davomida Ruben Amorimning o'rnini egallagan edi.