Lissabonning "Benfika" klubi Joze Mourino bilan faol muzokaralar olib bormoqda.

Klub murabbiy ishga kirishishi uchun kelishuvni imkon qadar tezroq yakunlashni rejalashtirmoqda.

Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, portugaliyalik mutaxassis ham tezroq jamoani boshqarish ishtiyoqida yonmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Benfika" bir kun avval Chempionlar ligasi asosiy turnirida Ozarbayjonning "Qorabog'" klubiga yutqazib qo'yganidan so'ng, jamoa murabbiyligidan Bruno Lajeni iste'foga chiqargan edi.