Fabritsio Romano «Manchester Siti» va Entso Fernandes o'rtasidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi

Taniqli insayder Fabritsio Romano «Manchester Siti» va «Real Madrid» klublarining «Chelsi» yarim himoyachisi Entso Fernandesga bo'layotgan qiziqishlari haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
"Real" bilan kelishuv amalga oshmaganidan keyin paydo bo'lgan yangi mish-mishlarga qaramay, ayni damda "Manchester Siti" va Entso Fernandes o'rtasida hech qanday muzokaralar olib borilmayapti. Entsoning kelajagi faqatgina Jahon chempionati yakunlanganidan so'ng muhokama qilinadi", — deb yozdi Romano.
Entso Fernandes 2023 yilda «Benfika»dan «Chelsi»ga 121 million evro evaziga o'tgan edi. Uning klub bilan shartnomasi 2032 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda argentinalik futbolchi London klubi safida barcha turnirlarda 54 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Fernandesning transfer qiymatini 90 million evroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar