Fabritsio Romano Kristian Romeroning «Real» yoki «Barsa»ga transferi nega qiyinlashganini aytdi

Mashhur insayder Fabritsio Romano «Tottenxem» markaziy himoyachisining Ispaniya top-klublaridan biriga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
Manbaning xabariga ko'ra, jamoa sardorida «shporlar» rahbariyati bilan «jentlmenlik» kelishuvi bo'lgan: agar Madridning «Real», «Atletiko» yoki «Barselona» klublaridan munosib taklif tushsa, London klubi uni ko'rib chiqishi shart edi. Biroq, Romanoning aniqlik kiritishicha, bu og'zaki kelishuv «Tottenxem»ni allaqachon tark etgan Daniel Levi davrida amal qilgan. Endilikda bu kelishuv o'z kuchini yo'qotgan — klub avval taxmin qilinganidek 60 million evrodan yuqori bo'lgan takliflarni qabul qilishga majbur emas.
Transfermarkt portali Romeroning narxini 50 million evroga baholamoqda, uning amaldagi shartnomasi esa 2029 yilgacha mo'ljallangan.