Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) prezidenti Gabriele Gravina Italiya terma jamoasi JCh-2026 saralashining pley-off bosqichida Bosniya va Gertsegovinaga mag'lub bo'lganidan so'ng (1:1, penaltilar seriyasi bo'yicha — 1:4), Jennaro Gattuzoning bosh murabbiy lavozimida qolishini istamoqda.

«Men Jennaro Gattuzodan qolishni va ishni davom ettirishni so'radim», — deya insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog'ida Gravinaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda.

Shu tariqa, Italiya terma jamoasi ketma-ket uchinchi bor Jahon chempionatini o'tkazib yuboradigan bo'ldi. Italyanlar ishtirok etgan oxirgi dunyo birinchiligi JCh-2014 bo'lib qolmoqda.