Fabritsio Romano germaniyalik futbolchining "Real"ga o'tish imkoniyatiga baho berdi

Insayder Fabritsio Romano "Real"ning "Shtutgart" yarim himoyachisi Anjelo Shtillerga qiziqishi haqida ma'lumot berdi.
Germaniyalik futbolchi o'tgan yozda "qaymoqranglilar" nishonida bo'lgan, ammo yakunda hech qaerga ko'chib o'tmagan edi. Romanoning so'zlariga ko'ra, "Real"ning Shtiller bilan hech qanday kelishuvi bo'lmagan, "Manchester Yunayted" ham mish-mishlarga qaramay, xavbekni qo'lga kiritishga aniq harakat qilmagan. Shu bilan birga, manbaga ko'ra, futbolchi 2026 yilda "Shtutgart"ni tark etishga tayyor va Madrid grandi uning nomzodini ko'rib chiqmoqda.
Transfermarkt talqiniga ko'ra, Anjelo Shtillerning transfer narxi 45 mln evroni tashkil qilmoqda. 24 yoshli yarim himoyachining "shvablar" bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.