Frantsiyaning «Lans» klubi bosh murabbiyi Per Saj Angliyada yangi ish boshlashga yaqin turibdi. Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, 47 yoshli mutaxassis tez orada «Kristal Pelas» boshqaruvini qo'lga oladi.

«Burgutlar» Oliver Glasner ketganidan keyin faol tarzda yangi murabbiy izlashayotgan edi. Manbaga ko'ra, Saj Konferentsiyalar ligasi g'olibi bilan mehnat shartnomasi imzolashga tayyor.

Per Saj qo'l ostida «Lans» o'tgan mavsumda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdi. «Oltinranglilar» Liga 1 kumush medallarini qo'lga kiritishdi, shuningdek, Frantsiya Kubogida zafar quchishdi. Saj «Lans»dagi faoliyatidan avval «Lion» klubini boshqargan edi.