Madridning "Real" klubi markaziy hujumchisi Endrik qishda jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Fabritsio Romano xabariga ko'ra, 19 yoshli braziliyalik forvard "qirollik klubi"dan butunlay ketishni o'ylamayapti. U 2026 yilgi jahon chempionatida Braziliya qaydnomasiga kirish uchun o'yin amaliyotiga ega bo'ladigan klubga vaqtincha ijaraga o'tmoqchi.

Endrik jarohatidan tuzalganiga 1 oydan oshgan bo'lsa-da, madridliklar safida birorta o'yinda maydonga tushmadi.