Fabritsio Romano "Chelsi"ning yanvar oyidagi transfer rejalari haqida gapirdi

Londonning "Chelsi" klubi yanvar oyida transfer bozorida faol bo'lmasa kerak. Ko'plab mish-mishlarga qaramay, "ko'klar" markaziy himoyachilar borasida hech qanday muhokama o'tkazmayapti, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Manbaga ko'ra, klubdagilar hozirgi tarkibdan mamnun, shuning uchun klub yangi xarid bo'yicha hech qanday kelishuvni rejalashtirmayapti, ammo baribir bozordagi vaziyatni kuzatib borishadi.
"Chelsi" Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi. Entso Mareska jamoasi 11 turdan so'ng 20 ochko jamg'ardi. Xalqaro tanaffus oldidan o'tkazilgan so'nggi bahsda londonliklar o'z maydonida "Vulverxempton"ni tor-mor etishdi (3:0).