Fabritsio Romano: "Chelsi"ning Rosenor bo'yicha qarorini ma'lum qildi

«Chelsi» Liem Rosenorni iste'foga chiqarish niyatida emas, deb xabar bermoqda Fabritsio Romano.
London klubi murabbiyga to'liq ishonch bildirmoqda. «Chelsi» rahbariyati Rosenor jamoaga mavsum davomida kelganini va uning ixtiyorida to'liq hajmdagi mavsumoldi tayyorgarlik jarayoni bo'lmaganini tushunib turibdi.
Eslatib o'tamiz, «Chelsi» APLdagi oxirgi 6 ta o'yinida bor-yo'g'i 1 ta g'alabaga erishdi.