Fabritsio Romano: «Barsa» iqtidori «PSJ» bilan kelishib oldi. Tovon puli to'lanishi bilanoq transfer yakunlanadi

Dro Fernandes faoliyatini "PSJ"da davom ettirishga qaror qildi.
Insayder Fabritsio Romanoning ta'kidlashicha, yarim himoyachi "Barselona"ga Parij klubiga o'tish istagini bildirgan. Frantsuzlar bilan tuziladigan shartnoma shartlari allaqachon kelishib olingan.
6 mln evro miqdorida tovon puli to'lanishi bilanoq, transfer jarayoni yakunlanadi.