Nufuzli insayder Fabritsio Romano hujumkor yarim himoyachi Ansu Fatining kelajagi borasida ma'lumot berdi. 2025/2026 yilgi mavsumda Fati ijara asosida «Monako» safida to'p surgan edi.

Kutilganidek, «Monako» Fatini «Barselona»dan to'liq sotib oladi. Transfer summasi 11 million evroni tashkil etadi. Romanoning ta'kidlashicha, klublar o'rtasidagi kelishuvda Ansuning kelajakdagi transferidan kataloniyaliklarga tegishli bo'lgan ma'lum bir foiz ham ko'rsatiladi.

«Monako» libosida Ansu Fati 30 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Eslatib o'tamiz, «Monako» Frantsiya chempionatini ettinchi o'rinda yakunladi. Kelasi mavsumda jamoa Liga 1 sharafini Konferentsiyalar ligasida himoya qiladi.