«Barselona»ning sobiq yarim himoyachisi, hozirda «Komo» jamoasi bosh murabbiyi bo'lib ishlayotgan Sesk Fabregas «Real Madrid»ni boshqarish ehtimoli haqidagi savolga javob berdi.

Sizda qandaydir «qizil chiziqlar» (taqiqlar) bormi? Agar kun kelib «Madrid» qo'ng'iroq qilsa... «Real» murabbiyi bo'la olarmidingiz?

«Menda hech qanday «qizil chiziqlar» yo'q. Faoliyatim boshidanoq aniq belgilab olgan yagona cheklov — bu kimningdir assistenti (yordamchisi) bo'lishni istamasligim edi. Men bosh murabbiy bo'lishni xohlashimni aniq bilaman.

Qolgan narsalarga jumladan, «Madrid» variantiga kelsak — bu haqda hatto o'ylab ko'rganim ham yo'q. Bu kabi narsalarni mulohaza qilishga shunchaki vaqtim bo'lmadi», — dedi Fabregas.