"Komo" bosh murabbiyi Sesk Fabregas "Chelsi"ga tayinlanishi bilan bog'liq mish-mishlar haqidagi savolga javob berdi.

Payshanba kuni London grandi Entso Mareskaning ketishini e'lon qildi. Uning o'rniga nomzodlardan biri sifatida "ko'klar" safida to'p tepgan ispaniyalik murabbiy ko'rilmoqda.

- Bu borada aytadigan gapim yo'q. Men hamon shu erdaman va umid qilamanki, "Komo"da hali ancha vaqt ishlayman," - deya italiyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo'ljallangan Fabregasning so'zlarini keltiradi TMW.

"Chelsi"da Entso Mareskaning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan murabbiy sifatida Frantsiyaning "Strasburg" klubidan Liam Rosenor tilga olinmoqda.