"Komo" bosh murabbiyi Sesk Fabregas A Seriya 17-turidan o'rin olgan "Lechche"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida chiqish qildi.

"Bizni katta stadionda, ushbu chempionat davomida doimiy ravishda oldinga siljib borayotgan, o'ziga xoslik, uyushqoqlik va sifatli futbol namoyish eta oladigan jamoaga qarshi juda muhim o'yin kutmoqda", - deya Fabregasning so'zlarini keltiradi Tuttosport.

"Komo" 24 ochko bilan ettinchi o'rinda bormoqda va evrokubok zonasiga chiqish uchun kurashmoqda. "Lechche" 16 ochko bilan o'n to'rtinchi.