Fabregas: «APL — dunyodagi eng kuchli liga»

Italiyaning «Komo» klubi bosh murabbiyi Sesk Fabregas kelajakdagi rejalaridan ingliz chempionatiga qaytish o'rin olganini ma'lum qildi. «Arsenal» va «Chelsi»ning sobiq yarim himoyachisi boshqarayotgan jamoa evrokuboklarga yo'llanma olishga yaqin turibdi.
«APL — dunyodagi eng kuchli liga. Men buni har doim ochiq aytganman. Buni futbolchi sifatida his qilganman, hozir murabbiy va muxlis sifatida ham his qilyapman», — deya Fabregasning so'zlarini keltiradi Telegraph Sport.
35-turdan so'ng «Komo» Italiya chempionati turnir jadvalida 62 ochko bilan beshinchi o'rinni egallab turibdi. Jamoa to'rtinchi o'rindagi «Yuventus»dan 3 ochkoga ortda qolmoqda.