"Gamburg"ning portugaliyalik yarim himoyachisi Fabiu Vieyra Lionel Messi va Krishtianu Ronalduni futbol afsonalari deb atadi.

- Futbolchilar orasida siz uchun namunalar bo'lganmi?

- Ha, ikkita. Bular Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu. Ikkita umuman boshqa-boshqa futbolchi, lekin ikkisi ham haqiqiy afsona.

Krishtianu asli portugaliyalik, shuning uchun, albatta, uning o'yinlarini alohida e'tibor bilan kuzataman. Uning terma jamoadagi o'yinlarini kuzatib katta bo'ldim.

- Krishtianu Ronaldu bilan shaxsan uchrashgansiz. U haqdagi fikringiz o'zgardimi?

- U juda do'stona inson, har doim yosh futbolchilarga yordam berishga tayyor.

Krishtianu professional tarzda ishlash va o'z salohiyatini maksimal darajada ro'yobga chiqarish bo'yicha maslahatlar beradi. U hali ham men uchun kumir bo'lib qolmoqda," - dedi Fabiu Vieyra.