O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi 3 karra Jahon chempionati ishtirokchisi, 2006-yilgi Jahon chempionati g'olibi, yaqin o'tmishning eng yaxshi himoyachilaridan biri, taniqli mutaxassis — Fabio Kannavaro bilan shartnoma tuzdi. Italiyalik murabbiy jamoamizni AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida o'tadigan Jahon chempionatiga tayyorlaydi.

Murabbiylar shtabida Kannavaroga quyidagi mutaxassislar yordam beradi:

— Aujeniyo Albarella — yordamchi murabbiy (Yaponiya terma jamoasi, “Yuventus”, “Udineze” va “Dinamo Zagreb”da ishlagan);

— Troize Frantsesko — jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy (“Benevento”, “Udineze” va “Dinamo Zagreb”da faoliyat yuritgan);

— Antonio Kimenti — darvozabonlar murabbiyi (Italiya yoshlar terma jamoasi, “Sampdoria” va “Spal” klublarida ishlagan).