Fabio Kannavaro O'zbekiston milliy jamoasi bilan og'zaki kelishuvga erishdi

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi italiyalik murabbiy Fabio Kannavaro bilan og'zaki kelishuvga erishdi. Rasmiy shartnoma 1-2 kun ichida imzolanadi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Milliy jamoani Kuvaytga qarshi o'yinda (9 oktyabr) Temur Kapadze, Urugvayga qarshi bahsda (14 oktyabr) esa Kannavaro boshqarishi kutilmoqda.
Manba: stadion.uz