Fabio Grosso «Sassuolo»dan ketdi. Uning keyingi manzili ma'lum

Fabio Grosso «Sassuolo»ni tark etdi.
Italiya klubi bosh murabbiy bilan shartnoma ikki tomonning o'zaro roziligiga ko'ra bekor qilinganini e'lon qildi. Grosso jamoani 2024 yilning iyun oyidan beri boshqarib kelayotgan edi. A Seriyaning yakunlangan mavsumi natijalariga ko'ra, «Sassuolo» 49 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 11-o'rinni egalladi.
Avvalroq, Fabio «Fiorentina» bilan ikki yillik shartnoma imzolashi haqida xabarlar tarqalgan edi.