FA mustaqil komissiyaning "Vest Xem" yarim himoyachisi Lukas Paketani sariq kartochkalari tufayli oqlash haqidagi qarori ustidan shikoyat qilmaydi.

Eslatib o'tamiz, FA Paketani APL o'yinlarida ataylab to'rtta sariq kartochka olganlikda ayblab, Lukasni umrbod diskvalifikatsiya qilishni talab qilgandi.

Iyul oyi oxirida mustaqil komissiya ayblovlarni isbotlanmagan deb topgani ma'lum bo'ldi. Bugun esa ushbu hukmning yozma asoslari e'lon qilindi.

Shu bilan birga, assotsiatsiya apellyatsiya berish huquqidan foydalanmasligini va faqat Paketani tergov bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani uchun jazolashini ma'lum qildi, deb xabar beradi Sky Sports. Lukas bir haftalik maoshi miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.