Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) Londonning "Chelsi" klubini agentlar bilan ishlash qoidalarini buzganlikda aybladi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.

"Chelsi" 2009 yildan 2022 yilgacha agentlarni tartibga solish bo'yicha FA qoidalarini 74 marta buzganlikda ayblangan.

Bu asosan 2010/2011-2015/2016 yilgi mavsumlarga to'g'ri keladi, o'shanda klubni Roman Abramovich boshqargan. "Chelsi"da javob berish uchun 19 sentyabrgacha vaqt bor", - deb yozadi Jeykobs.

"Chelsi" Angliya Premer-ligasi-2025/2026 mavsumi turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda. Jamoa uchta o'yinda ettita ochko to'pladi.