Ezening "Arsenal"dagi tibbiy ko'rik sanasi aytildi

"Kristal Pelas" hujumkor yarim himoyachisi Eberechi Ezening "Arsenal"ga transferini yakunlash uchun qachon tibbiy ko'rikdan o'tishi ma'lum bo'ldi.
Jurnalist Sasha Tavolerining ta'kidlashicha, 27 yoshli Eze bugun, 22 avgust kuni tibbiy ko'rikdan o'tadi. Shundan so'ng xavbek futbolchi uchun kurashda "Tottenxem"ni ortda qoldirishga muvaffaq bo'lgan "kanonirlar" bilan mehnat shartnomasini imzolashi kerak.
Mish-mishlarga ishonadigan bo'lsak, Ezening xaridi "Arsenal"ga 68 million evroga tushadi. Aytish kerakki, inglizning bozor narxi Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, 55 million evroni tashkil etadi.