Londonning "Arsenal" jamoasi yarim himoyachisi Eberechi Eze Portugaliyaning "Sporting" jamoasiga qarshi bo'lajak uchrashuv haqida fikr bildirdi.

Chempionlar Ligasi 1/4 finalining javob o'yini 15 aprel kuni bo'lib o'tadi. Lissabonda o'tgan birinchi bahsda Mikel Arteta shogirdlari 1:0 hisobida g'alaba qozonishgan edi.

"Biz "Sporting" qanday o'ynashini ko'rdik, ammo voqealar qanday tus olishini bilmaymiz, shuning uchun taxmin qilish qiyin. Biz uchun eng muhimi — o'zimiz qanday o'ynashimiz. Bizning yondashuvimiz aynan shundan iborat", — deya futbolchining so'zlarini keltirmoqda UEFA rasmiy sayti.