«Arsenal» hujumkor yarim himoyachisi Eberechi Eze jamoaning mavsum qolgan qismidagi asosiy maqsadini aytdi.

«Asosiy maqsadimiz — sovrinlarni qo'lga kiritish. Bu biz istagan va eng boshidan intilgan narsamiz. Hozirda barcha musobaqalarning hal qiluvchi bosqichidamiz, kurashishda va ishlashda davom etamiz. Xudo xohlasa, hammasi o'xshaydi», — dedi Eze TNT Sports nashriga bergan intervyusida.

Joriy mavsumda 27 yoshli Eze barcha turnirlar doirasida 43 ta uchrashuvda ishtirok etib, 9 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.