Angliya terma jamoasi xavbeki Eberechi Eze JCh-2026 saralashidan o'rin olgan Serbiyaga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Unda Tomas Tuxel shogirdlari 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

"Biz ko'proq gol urishimiz mumkin edi. Raqib darvozasi oldida ko'plab vaziyatlar yaratildi. O'ylaymanki, biz bu uchrashuvda o'zimizni yaxshi ko'rsatdik, bu ajoyib g'alaba," - deya hujumkor yarim himoyachining so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.

Angliya terma jamoasi muddatidan avval JCh-2026 yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Nufuzli turnir yozda Shimoliy Amerikada bo'lib o'tadi. Kubokning amaldagi sohibi JCh-2022 finalida Frantsiyani penaltilar seriyasida mag'lub etgan Argentina terma jamoasi hisoblanadi.