Ispaniyaning "Levante" klubi hujumchisi Karl Etta Eyongga Evropaning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda.

Insayder Fabritsio Romano xabariga ko'ra, hozirda Afrika kubogida ishtirok etayotgan 22 yoshli kamerunlik forvard shu turnir davomida "Barselona" va APLning bir qator klublari skautlari tomonidan kuzatuvda bo'ladi.

Eyong kecha Kamerun terma jamoasiga turnirning ilk turida Gabon ustidan g'alaba taqdim etgan gol muallifi bo'ldi - 1:0.

Hozirda Transfermarkt 20 million evroga baholayotgan forvardning Valensiya shahri klubi bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan.