Meksikaning "Tixuana" klubi sharafini himoya qilayotgan 16 yoshli Xilberto Moraga Evropaning top-klublari qiziqish bildirmoqda.

Hujumkor yarim himoyachi yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida o'zini yorqin namoyon qilmoqda va iyun oyida Meksika terma jamoasida debyut qilishga muvaffaq bo'ldi. Sport xabariga ko'ra, Moraga da'vogarlar orasida Madridning "Real", "Barselona", "Arsenal", "Chelsi", "Manchester Siti" va "PSJ" klublari bor.

Xilberto Moraning Transfermarkt saytidagi narxi - 4,5 mln evro. Joriy mavsumda futbolchi "Tixuana" safida Meksika chempionatida sakkizta o'yinda maydonga tushib, uchta gol va bitta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. 14 oktyabr kuni yangi yulduz 17 yoshni qarshilaydi.