Frantsiya terma jamoasining qiymati 1,1 milliard evroni tashkil etadi. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, frantsuzlar Evropadagi eng qimmatbaho milliy jamoaga ega.

Ikkinchi o'rinda 1,01 milliard evrolik qiymatga ega bo'lgan Angliya terma jamoasi turibdi. Uchinchi o'rinni esa 979 million evro bilan Portugaliya egallagan.

Keyingi o'rinlarda Ispaniya (926 million evro) va Italiya (822 million) joylashgan. Evropaning eng qimmat o'nta terma jamoasi ro'yxatiga, shuningdek, Niderlandiya (778 million), Germaniya (770 million), Belgiya (493 million), Shvetsiya (460 million) va Turkiya (432 million) ham kirgan.