Chempionlar ligasining 1/8 finaliga yo'l olgan barcha ishtirokchilar nomi aniqlandi.

Ushbu bosqichda eng ko'p vakil Angliyaga tegishli bo'ladi: «Chelsi», «Arsenal», «Tottenxem», «Manchester Siti», «Nyukasl» va «Liverpul». Ispaniyadan uchta jamoa («Real», «Barselona», «Atletiko»), Germaniyadan esa ikkita jamoa («Bavariya» va «Bayer») ishtirok etadi.

Italiya sharafini «Atalanta», Frantsiyani «PSJ», Turkiyani «Galatasaroy», Norvegiyani «Budyo-Glimt», Portugaliyani esa «Sporting» jamoalari himoya qiladi.