Payshanba, 26 mart kuni JCh-2026 saralashining pley-off bosqichi doirasida yarim final uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Shu tariqa, hal qiluvchi final bosqichining barcha ishtirokchilari ma'lum bo'ldi.

Evropa mintaqasidagi final juftliklari:

  • Bosniya va Gertsegovina — Italiya

  • Shvetsiya — Polsha

  • Kosovo — Turkiya

  • Chexiya — Daniya

Ushbu uchrashuvlar seshanba kuni, 31 martda bo'lib o'tadi. G'olib jamoalar kelasi yozda AQSh, Meksika va Kanada mezbonlik qiladigan JCh-2026 yo'llanmasini qo'lga kiritadilar.

Manba: www.stadion.uz.