Evropada muxlislar "armiyasi" oyoqqa turdi

300 dan ortiq muxlislar guruhi UEFA va FIFAga murojaat qilgan.
Football Supporters Europe nashri “Bavariya”, “Arsenal”, “Barselona”, “Atletiko”, “Arsenal”, “Chelsi”, “Manchester Yunayted”, “Liverpul” va boshqa jamoalarning fan-klublari vakillari tomonidan imzolangan bayonotda liga o'yinlarini boshqa mamlakatlarda o'tkazmaslikka chaqirdi.
"La Liga va A Seriyaning Evropa futboli tabiatini buzishga qaratilgan so'nggi harakatlari, o'yinlarni AQSh va Avstraliyaga ko'chirishga intilayotgani futbolning mohiyatiga to'g'ridan-to'g'ri hujumdir. Agar ushbu ligalarning takliflaridan birortasi ma'qullansa, u bir zumda oldindan aytib bo'lmaydigan va qaytarib bo'lmaydigan oqibatlarga olib keladi", — deyiladi bayonotda.