"Manchester Siti" markaziy himoyachisi Manuel Akanji faoliyatini davom ettirish uchun ko'plab variantlarga ega.

"Shaharliklar" shveytsariyalikni Turkiyaning "Galatasaroy" klubiga 15 mln funtga (deyarli 17,5 mln evro) sotishga rozi bo'lgan, ammo futbolchining o'zi taklifni qabul qilmagan. Insayder Fabritsio Romanoning ta'kidlashicha, Akanjiga Italiyaning "Milan", Germaniyaning "Bayer" va Angliyaning "Kristal Pelas" klublari ham murojaat qilgan - hozircha muzokaralarda hech qanday siljish kuzatilmayapti. 30 yoshli futbolchi kelajagi borasida bir qarorga kelmagan.

Manuel Akanjining "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo'ljallangan.