Evropa Ligasida kim g'olib bo'ladi? Superkompyuter yarim finalchilar imkoniyatlarini hisoblab chiqdi

Opta superkompyuteri talqiniga ko'ra, «Aston Villa» Evropa Ligasi g'olibiga aylanadi.
Birmingem klubi yarim finalda «Nottingem Forest» bilan to'qnash keladi, ikkinchi juftlikda esa «Braga» va «Frayburg» jamoalari o'zaro kuch sinashadilar.
Unai Emeri jamoasining turnirda g'olib chiqish imkoniyati 42,7% ga baholanmoqda. Keyingi o'rinda «Frayburg» (20%) qayd etilgan bo'lsa, kuchli uchlikni «Braga» (18,8%) yakunlab bergan. «Nottingem Forest»ning Evropa Ligasidagi zafar quchish imkoniyatlari esa eng past — 18,5% deb topildi.
Eslatib o'tamiz, Evropa Ligasining yarim final bahslari 30 aprel va 7 may kunlari bo'lib o'tadi.