Evropa Ligasi matbuot xizmati o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida musobaqaning mavsum ramziy terma jamoasini e'lon qildi.

Darvozabon: Emiliano Martines («Aston Villa»).

Himoyachilar: Viktor Gomes («Braga»), Mattias Ginter («Frayburg»), Morato («Nottingem Forest»), Oskar Mingesa («Selta»).

Yarim himoyachilar: Jon Makginn («Aston Villa»), Maksimilian Eggeshtayn («Frayburg»), Morgan Rodjers («Aston Villa»).

Hujumchilar: Antoni («Betis»), Emiliano Buendiya («Aston Villa»), Igor Jezus («Nottingem Forest»).

Evropa Ligasining joriy mavsum finalida «Aston Villa» «Frayburg» bilan to'qnash keldi. Angliya klubi Germaniya jamoasini 3:0 hisobida mag'lub etdi.