«Aston Villa» va «Frayburg» 2025/26 yilgi mavsumda Evropa Ligasining finalchilariga aylanishdi.

Yarim final bosqichida «Aston Villa» «Nottingem Forest»ni (0:1; 4:0), «Frayburg» esa «Braga»ni (1:2; 3:1) musobaqadan chiqarib yubordi.

Hal qiluvchi uchrashuv 20 may kuni Istanbuldagi «Beshiktosh» stadionida bo'lib o'tadi. Har ikki jamoa o'z tarixida ilk bor Evropa Ligasi finalida maydonga tushadi.

«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri o'z faoliyatida oltinchi bor ushbu turnir finaliga chiqdi. Uning hisobida Evropa Ligasi kubogi uchun kechgan bahslarda beshta g'alaba va bitta mag'lubiyat mavjud.