9 aprel kuni, payshanba kuni Evropa ligasi 2025/2026 mavsumi 1/4 finali doirasida uchta uchrashuv bo'lib o'tdi. Quyida o'yin kuni natijalari bilan tanishishingiz mumkin.

9 aprel kungi uchrashuvlar natijalari:

«Frayburg» – «Selta» – 3:0;
«Portu» – «Nottingem Forest» – 1:1;
«Bolonya» – «Aston Villa» – 1:3.

Jamoalar o'rtasidagi javob uchrashuvlari 16 aprel kuni bo'lib o'tadi.

Joriy mavsum Evropa ligasi finali Istanbuldagi «Beshiktosh» stadionida o'tkaziladi. Hal qiluvchi bahs 2026 yil 20 may kuniga belgilangan.

Musobaqaning amaldagi g'olibi — «Tottenxem». London klubi o'tgan mavsum finalida «Manchester Yunayted»ni 1:0 hisobida mag'lub etgan edi.

Manba: stadion.uz