Evropa ligasi. Chorak final juftliklari aniqlandi

Evropa ligasi 1/8 final bosqichining barcha uchrashuvlari yakunlandi va shundan so'ng musobaqaning chorak final juftliklari shakllandi.
Musobaqaning chorak final juftliklari quyidagicha ko'rinish oldi:
«Braga» — «Betis»
«Frayburg» — «Selta»
«Portu» — «Nottingem Forest»
«Bolonya» — «Aston Villa»
Joriy mavsum Evropa ligasi finali Istanbuldagi «Beshiktosh» stadionida bo'lib o'tadi. Hal qiluvchi uchrashuv 2026 yil 20 may kuni o'tkaziladi. Evropa ligasining amaldagi g'olibi — «Tottenxem». O'tgan yilgi finalda ingliz jamoasi «Manchester Yunayted»ni mag'lub etgan edi.
Manba: stadion.uz