Evropa ligasi 2025/26 yilgi mavsumining eng yaxshi to'purarlari ma'lum bo'ldi

«Nottingem» hujumchisi Igor Jezus va «Ludogorets» yamerim himoyachisi Petar Stanich 2025/26 yilgi mavsumda Evropa ligasining eng yaxshi to'purarlariga aylanishdi, deya xabar bermoqda turnir matbuot xizmati. Ularning har biri o'z hisobiga 7 tadan gol yozdirib qo'ydi.
«Betis» a'zosi Antoni va «Fenerbaxche» futbolchisi Kerem Aktyurkoglu 6 tadan to'p kiritishgan bo'lsa, yana etti nafar futbolchi 5 tadan gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Evropa ligasi 2025/26 yilgi mavsumining eng yaxshi to'purarlari:
-
Igor Jezus («Nottingem Forest») — 7 ta gol
-
Petar Stanich («Ludogorets») — 7 ta gol
-
Antoni («Betis») — 6 ta gol
-
Kerem Aktyurkoglu («Fenerbaxche») — 6 ta gol
-
Dion Beljo («Dinamo» Zagreb) — 5 ta gol
-
Federiko Bernardeski («Bolonya») — 5 ta gol
-
Bilal El-Xannuss («Shtutgart») — 5 ta gol
-
Vinchentso Grifo («Frayburg») — 5 ta gol
-
Djon Makginn («Aston Villa») — 5 ta gol
-
Villiot Svedberg («Selta») — 5 ta gol
-
Olli Uotkins («Aston Villa») — 5 ta gol
Eslatib o'tamiz, Evropa ligasi 2026 yilgi finalida «Aston Villa» «Frayburg»ni tor-mor etdi (3:0) va o'z tarixida ilk bor ushbu turnir g'olibiga aylandi. Bu ingliz klubi uchun 1982 yildan beri ilk yirik evrokubok finali edi. O'shanda jamoa Evropa chempionlar kubogi va UEFA Superkubogini qo'lga kiritgan edi.
Kommentariyalar