Evropa klublari harakatda: "Al-Hilol" yulduzi ketib qolishi mumkin

"Al-Hilol" tayanch yarim himoyachisi Ruben Nevesh klub bilan yangi shartnoma imzolaganicha yo'q.
28 yoshli portugaliyalikning "Al-Hilol" bilan amaldagi kelishuvi 2026 yilning 30 iyunida o'z nihoyasiga etadi.
Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, Evropaning ba'zi klublari qishdayoq futbolchini sotib olish variantini muhokama qila boshlagan.
Ilgari boshqa da'vogarlar qatorida Madridning "Real" klubi ham bor edi. Futbolchining bozor narxi 25 mln evroni tashkil etadi.
2025/2026 yilgi mavsumda Nevesh barcha klub turnirlarida 22 ta o'yin o'tkazib, oltita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.