"Barselona"ning polshalik forvardi Robert Levandovski faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.

Krrish xabariga ko'ra, "Barselona" 37 yoshli hujumchi transferi bo'yicha "Fenerbaxche"dan taklif olgan. Manbaga ko'ra, turk jamoasi "ko'k-anorranglilar"ga o'n million evro taklif qilgan. "Barselona"da hozircha yakuniy qaror yo'q, ammo Levandovskining o'zi mavsum o'rtasida jamoani tark etishni istamayapti.

Levandovski joriy mavsum barcha musobaqalarda 17 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.