«Everton» klubining 23 yoshli markaziy himoyachisi Jarred Brentueyt Evropaning etakchi klublari e'tiborida bo'lib turibdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Mavsumni ko'plab jarohatlar bilan o'tkazganiga qaramay, Brentueyt hanuzgacha katta klublar tomonidan yuqori baholanmoqda. Ayni damda futbolchiga «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» va «Bavariya» klublari qiziqish bildirmoqda. Biroq «Everton» o'z rahbariyati uchun muhim bo'lgan futbolchilar bilan xayrlashishni unchalik xushlamaydi va Brentueyt uchun kamida 80 million evro talab qilmoqda.

2025/26 yilgi mavsumda himoyachi Premer-liganing o'nta uchrashuvida maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.