Evra: "Salbiy sharhlar keraksiz"

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Patris Evra jamoani muntazam ravishda tanqid qiladigan boshqa sobiq "qizil iblislar" futbolchilarini tanqid qildi.
"Skoulz men bilan birga o'ynagan eng kamtar o'yinchi edi. Va endi u ommaviy axborot vositalarida klubni yomonlamoqda.
Jamoani qo'llab-quvvatlash muhitining yo'qligiga tushunmayapman. Bu nafaqat Skoulz, balki Roy Kin va Gari Nevilga ham tegishli.
Bu meni g'azablantiradi. Biz kuchli to'rtlikda bo'lishni xohlaymiz va salbiy sharhlar keraksiz", — dedi Evra.