«Everton» klubi «Chelsi» bilan vinger Tayrik Jorjning transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. BBC nashrining xabar berishicha, bonuslarni hisobga olgan holda shartnoma qiymati 35,1 million evroga etishi mumkin.

20 yoshli futbolchi o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida «irislar» tarkibida o'tkazgan edi va o'shanda shartnomaga 29,25 million evrolik sotib olish huquqi kiritilgandi. Endilikda klublar shartlarni qayta ko'rib chiqishdi: kafolatlangan qat'iy summa taxminan 28,1 million evroni tashkil etadi, yana 7 million evro esa futbolchining ko'rsatadigan natijalari va o'yinlar soniga qarab bonuslar sifatida to'lanadi. Shuningdek, «Chelsi» futbolchining keyingi sotuvidan 15% ulush oladigan bo'ldi.

Avvalroq angliyalik ushbu futbolchi «RB Leyptsig»ning qiziqishlar doirasida bo'lib turgan edi. Bir yil oldin esa uning 25 million evro evaziga «Fulxem»ga o'tishi so'nggi pallada buzilgan edi.

Manba: Stadion.uz