«Everton» Spensni sotib olishni maqsad qilgan

Londonning «Tottenxem» klubi qanot himoyachisi Jed Spens «Everton»ning short-listidan joy oldi. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 25 yoshli Spensga nafaqat «irislar», balki Premer-liganing boshqa klublari ham qiziqish bildirmoqda. Ta'kidlanishicha, «Tottenxem» o'z futbolchisini taxminan 29 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.
Yozgi transfer oynasida yangi himoyachi sotib olish — «Everton»ning ustuvor maqsadi hisoblanadi. Klubda Spensning universalligi va uning terma jamoadagi o'yin tajribasi jamoaga yordam beradi, deb hisoblashmoqda.
Yakunlangan klub mavsumida himoyachi barcha musobaqalarda 44 ta uchrashuvda maydonga tushdi, biroq samarali harakatlar bilan ajralib turmadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar