«Arsenal» klubining braziliyalik hujumchisi Gabriel Jezus «Everton»ning qiziqishlar doirasida qolishda davom etmoqda. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, «irislar» 29 yoshli forvardni o'z safiga qo'shib olishni hali ham istashmoqda, biroq «kanonirlar» yon bosgan bo'lsa-da, bu transfer murakkabligicha qolmoqda. «Arsenal» Jezusning narxini 23–29 million evrogacha tushirdi. Shunday bo'lsa-da, Liverpul klubi rahbariyati kelishuvning umumiy qiymatidan, ayniqsa, hujumchining maosh bo'yicha talablaridan xavotirda.

Alohida ta'kidlanishicha, yaqin vaqt ichida Braziliya va Evropaning boshqa klublari ham Jezus uchun kurashga qo'shilishadi.

Yakunlangan mavsumda Jezus barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Stadion.uz