"Everton" Grilish uchun qancha mablag' sarflashga tayyor ekanligi ma'lum bo'ldi

Liverpulning «Everton» klubi jamoada ijara asosida to'p surayotgan 30 yoshli vinger Jek Grilishni tarkibda saqlab qolmoqchi.
The i Paper Sport nashrining tasdiqlashicha, «irislar» Grilishning to'liq transferi uchun 23 million evro ajratishga tayyor. Avvalroq futbolchining o'zi ham «Manchester Siti»ni tark etib, doimiy ravishda «Everton» safiga o'tish istagida ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda Grilish barcha musobaqalarda jami 22 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Nufuzli Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, angliyalik futbolchining bozor qiymati ayni damda 25 million evroni tashkil etmoqda.